Oʼzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 1882 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʼzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1882 tani tashkil etgan.
Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2021-yilning mos davriga nisbatan 306 taga oshgan.
Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning 765 tasi qoʼshma korxona va 1117 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
2021-yil davomida Oʼzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 407 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.
Yillar kesimida Oʼzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
2018-yilda – 364 ta
2019-yilda – 437 ta
2020-yilda – 330 ta
2021-yilda – 407 ta






