Oʼzbekistonning JSTga aʼzo boʼlishi boʼyicha Ishchi guruhining navbatdagi yigʼilishi

Xabarlarga ko’ra, Jahon savdo tashkiloti kotibiyati Oʼzbekistonning JSTga aʼzo boʼlishi boʼyicha Ishchi guruhining navbatdagi 5-yigʼilishi oʼtkaziladigan sanani ma’lum qildi.

U 2022-yil 21-22-iyun kunlari Jenevada boʼlib oʼtadi.

Tashkilotga aʼzo boʼlish Oʼzbekiston uchun mutlaq ustuvor yoʼnalish boʼlib, uning natijasida mamlakatimizning jahon iqtisodiy munosabatlariga va koʼp tomonlama savdo tizimiga yanada integratsiyalashuviga erishiladi.

Shu munosabat bilan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yangi formatdagi smart-reliz – infografika tayyorlanib, unda Oʼzbekiston tomonidan bu muhim jarayonda hozirgi kungacha amalga oshirilgan ishlar koʼlami toʼliq aks ettirishga urinildi.