Oʼzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd. АQSh dollaridan oshdi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʼzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd. АQSh dollaridan oshgan. Bu oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7,7 mlrd. АQSh dollariga ko’p.
Tashqi savdo aylanmasi – 36,0 mlrd. АQSh dollari
Eksport – 14,1 mlrd.
mahsulotlar – 11,3 mlrd.
xizmatlar – 2,8 mlrd.
Import – 21,9 mlrd.
mahsulotlar – 20,1mlrd.
xizmatlar – 1,8 mlrd.






