O‘zbek haydovchilari uchun Turkmanistonga kirish vizasi bekor qilinishi mumkin

Transport masalalari bo‘yicha o‘zbek turkman ishchi guruhining uchrashuvida tomonlar O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon transport koridorining barcha ishtirokchilari bilan ishlarni faollashtirishga kelishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni o‘zbek haydovchilari uchun Turkmanistonga kirish vizasini berish talablarini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirishni so‘radi.

Bundan tashqari, temir yo‘l infratuzilmasini yana-da modernizatsiya qilish, yuk tashuvlarida transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida chegirmalar taqdim etishga kelishildi.