O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoamiz Hindistonning Chennay shahrida o'tgan musobaqada, so‘nggi turda Niderlandiyaga qarshi bahsda ishtirok etdi. Raqib sportchilarimizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga urindi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboev o‘yin davomida ustunlikka erishganiga qaramay, yakunda durangga imzo chekishdi.
Jahongir Vohidov esa 60-yurishga kelib Varmerdamni taslim etdi.
O‘zbekiston - Niderlandiya - 2,5 : 1:5! Terma jamoamiz 19 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi.
Armaniston ham bugun Ispaniya ustidan 2,5 : 1:5 hisobida g‘alaba qozondi va kumush medallarga ega chiqdi. Uchinchi o‘rin esa Hindiston-2 terma jamoasiga nasib etdi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Kosta-Rikani 2,5 : 1:5 hisobida mag‘lub etdi va musobaqani kuchli o‘ttizlikda yakunladi.






