O‘zbekiston Afg‘onistonga Ramazon hayiti munosabati bilan gumanitar yordam yubordi

Bugun, 30-aprel kuni O‘zbekiston Ramazon hayiti munosabati bilan qo‘shni Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi.
Gumanitar yuk koʻp millatli elatlar istiqomat qiladigan qoʻshni davlatga Surxondaryo viloyatidan 58 vagonlik xayriya poyezdida Termiz shahridagi “Ayritom” chegara punkti orqali joʻnatildi.
Shu munosabat bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan ikki davlat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.






