O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning Kengaytirilgan Preferensiyalar bosh tizimiga qo‘shilgan BIRINCHI davlat bo‘ldi

2021-yil 22-noyabr, dushanba kuni Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning Kengaytirilgan Preferensiyalar bosh tizimiga (Kengaytirilgan GSP tizimi) qo‘shilishiga bag‘ishlangan OAV uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Qirolichaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha savdo komissari janob Kenan Poleo Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari uchun brifingda ishtirok etish maqsadida Oʻzbekistonga ilk rasmiy tashrifi bilan keldi.
O‘zbekiston 2021-yil 1-noyabrda Buyuk Britaniyaning Kengaytirilgan GSP tizimi a’zoligiga har ikki hukumatning bor-yo'g'i 6 oy ichidagi qizg‘in sa’y-harakatlaridan so‘ng rasman qabul qilindi. Kengaytirilgan GSP tizimi benefisiari maqomi berilishining sabablaridan biri O‘zbekiston inson huquqlari, mehnat standartlari, atrof-muhit va samarali boshqaruv sohasidagi 27 ta asosiy xalqaro konvensiyani muvaffaqiyatli ratifikatsiya qilgani bo‘ldi.
Kengaytirilgan GSP tizimi O'zbekistonga umumiy qiymati 437 milliard funt sterlingdan ortiq dunyoning beshinchi eng yirik iqtisodiyoti va dunyoning yetakchi xalqaro iste'mol va chakana savdo bozoriga kirish imkonini beradi. Buyuk Britaniya uchun esa mintaqaviy markaz bo’lib xizmat qiladigan va mintaqaning eng jadal o'sayotgan va rivojlanayotgan bozoriga kirishni osonlashtiradi, hamda O‘zbekistonning noyob to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa turli xil mahsulotlariga yo'l ochadi.






