O‘zbekiston Delegatsiyasi sut yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan Mursiyana zotli echkilarni parvarishlaydigan fermada bo‘ldi

Delegatsiyaning keyingi manzili Valladoliddagi sut yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan Mursiyana zotli echkilarni parvarishlaydigan ferma bo‘ldi.
Delegatsiya a’zolari zamonaviy ferma faoliyati bilan to‘liq tanishdi. Ferma 2 gektar maydonda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 1000 dan ortiq Mursiyana zotli echkilar parvarishlanadi.
Kooperatsiya shaklida faoliyat yurituvchi fermada boqilayotgan echkilardan olinayotgan sut 100% qayta ishlash uchun sutni qayta ishlovchi korxonalarga yetkazib beriladi.
Tashrif so‘nggida, shu zotli echkilarni O‘zbekistonga import qilish masalalari kelishib olindi.






