O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi

Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQShga tashrif buyurdi.
AQShga safari doirasida delegatsiyaning AQSH davlat idoralari, BMT, xalqaro moliya institutlari, yirik IT-kompaniyalari, venchur kapitali va investitsiyalari vakillari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston elchixonasi xabariga koʻra, tashrif dasturi juda boy boʻlib, Amerikaning Apple, Google, Meta, Coursera, Visa, Mastercard va boshqa yirik kompaniyalari shtab-kvartiralarida ham uchrashuvlar o’tkazilishi kutilmoqda.
Uchrashuvlarda jahon IT-kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish, ularning ichki bozordagi ishtirokini kengaytirish, respublikada fuqarolarimiz uchun yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlari yaratish, o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun onlayn platformalarni monetizatsiya qilish vositalaridan foydalanishni ta’minlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.






