O‘zbekiston ilk bor XIII “Xalqaro liboslar va to‘qimachilik ko‘rgazmasi – 2022”da ishtirok etadi

Ko'rgazma joriy yilning 9-11-may kunlari BAAning Dubay shahridagi “Dubai World Trade Center”da (DWTC) bo'lib o'tadi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining ishtiroki “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida tashkil etiladi.
Unda O‘zbekiston “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi “Samarkand Euro Asia Textile”, “Haj Tex”, “Ark Eko Tekstil”, “Andijontex”, “Yustex” kabi 10 ga yaqin eng ilg‘or kompaniyalarni o‘z ichiga olgan noyob stend taqdim etiladi. Shuningdek, “Great Qo‘qon”, “Ahsan Apparel”, “Gurlan Global Tex”, “Amina Tex” va “Kohinur Textile” korxonalari o‘zlarining eksportbop mahsulotlari bilan ishtirok etadi.
Mamlakatimizning mazkur ko‘rgazmadagi ishtiroki O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy sheriklikni kengaytirish, shuningdek, BAA ishbilarmon doiralari va jamoatchilikni istiqbolli to‘qimachilik mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






