O‘zbekiston mobil internet narxi arzonligi reytingida 15-o'rinni egalladi

Cable.co.uk 233 mamlakatda dunyo bo'ylab 2022-yilgi mobil ma'lumotlar narxi jadvalini e'lon qildi va O‘zbekiston ushbu reytingda 15-o‘rinni egalladi.
Portal ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi eng qimmat beshta davlat quyidagilar:
Sent-Yelena (41,06 AQSh dollari), Folklend orollari (38,45 AQSh dollari), San-Tome va Prinsipi (29,49 AQSh dollari), Tokela (17,88 AQSh dollari) va Yaman (16.58 AQSh dollari).
1 Gb mobil maʼlumotlarning oʻrtacha narxi boʻyicha beshta eng arzon davlatlar qatoriga esa Isroil (0,04 AQSh dollari), Italiya (0,12 AQSh dollari), San-Marino (0,14 AQSh dollari), Fiji (0,15 AQSh dollari) va Hindiston (0,17 AQSh dollari) kiradi.
P.S. Italiya G'arbiy Yevropada eng arzon mobil ma'lumotlarni taqdim etadi. Isroil 5G ta'minoti bo'yicha jahonda yetakchi bo'lib kelgan va ma'lumotlar narxi bo'yicha ham jahon jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.






