O‘zbekiston para-taekvondochilari Osiyo chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritdi

Vetnamda para-taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Unda, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida Erondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Ta’kidlash joizki, sportchilarimiz ikkita oltin, bitta kumush va uchta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Qudrat Haydarov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi (-63 kg) va Guljanoy Naimova (+65 kg). Ziyoda Isoqova (-47 kg) kumush medal sohibasiga aylandi. Bronza medallari Qudrat Suyunov (-63 1kg), Asil Xusanov (-70kg) va Asad Anvarov (+80kg)ga nasib etdi.