O‘zbekiston Prezidentining Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqi Misr ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida

Misrning “Al-Diplomasi” nashri O‘zbekiston Prezidentining Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n beshinchi sammitidagi ishtirokiga bag‘ishlangan maqolalarni chop etdi.

Siyosiy kuzatuvchi, MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari boʻyicha ekspert Ashraf Abu Arifa oʻz maqolasida, "Sammitda EKOni dinamik tashkilot sifatida mustahkamlash, unga aʼzo davlatlar oʻrtasida savdo, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan koʻp tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi" deya yozgan.

Nashrlarda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Prezidenti xalqaro va mintaqaviy vaziyat, davom etayotgan pandemiya sharoitidagi iqtisodiy qiyinchiliklarga ham eʼtibor qaratgan, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qator aniq takliflar bildirgan.