O‘zbekiston qilichbozlari oltin medal sohibiga aylandi

Konyada o‘tkazilgan V Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, terma jamoa finalda musobaqa mezbonlari vakillarini 45:36 hisobida mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Eslatib o'tamiz, qilichbozlarimiz Ilyos Molin va Doniyor Sa'dullayev ham musobaqaning birinchi kunidayoq bronza medali sohibi bo’lgan edi.

Fayzullo Alimov va Nodirbek Mo‘minov ikkita bronza va qilichbozlik bo‘yicha ayollar terma jamoasi umumjamoa bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritdilar.