O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

26 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Elboshini yaqinlashib kelayotgan bayram - Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti kuni bilan tabriklab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi zafarlar, birodar Qozog‘iston xalqiga bardavom taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozog‘istonni barpo etish, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishdagi tarixiy o‘rni va ulkan shaxsiy hissasi qayd etildi.
Telefon muloqoti chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.






