O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkiletilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kunimunosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli askar va serjantlar, ofiser va generallar!

Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Muhtaram vatandoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizniO‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkiletilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilanchin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyom tom ma'nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, mardlik vajasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanibborayotgani barchamizni quvontiradi.

Ta'kidlash kerakki, milliy armiyamizning kuch-qudratiazmu shijoatli va har ishda yetuk salohiyatli harbiyxizmatchilarimizning, bag‘rikeng va olijanobxalqimizning birligi va hamjihatligidadir. Buhaqiqatni bugungi kunda har qachongidan ham chuqur hisetmoqdamiz.

Ishonchim komilki, ana shunday buyuk ma'naviy qudratmanbai bor ekan, el-yurtimizning tinch va osoyishta hayoti, Vatanimiz mustaqilligiga hech qanday yovuz kuch rahnasololmaydi, demokratik islohotlarimiz yo‘lidan hech qachonortga qaytara olmaydi.

Biz bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan – o‘ziningmuqaddas qasamyodiga sodiq qolib, xizmat burchini yerda ham, ko‘kda ham sharaf ila ado etayotgan yurtimizning zabardasto‘g‘lonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Fursatdan foydalanib, Qurolli Kuchlarimiz saflaridaxizmat qilayotgan qo‘rqmas va haqiqiy vatanparvar askar vaofiserlarning ota-onalariga, shuningdek, harbiy hayotningbutun quvonch va tashvishlarini turmush o‘rtoqlari bilanbaham ko‘rib kelayotgan mehribon va sabr toqatlirafiqalariga ulkan minnatdorlik bildiraman.

Biz sizlarning timsolingizda milliy armiyamizga tog‘dektayanch bo‘lib turgan buyuk ma'naviy kuchni ko‘ramiz. Bugungiulug‘ ayyomda sizlarning ham Vatanimizning mudofaaqudratini oshirishda munosib hissangiz borligini yana birbor katta mamnuniyat bilan e'tirof etamiz.

Hurmatli do‘stlar!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkiletilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunibilan siz, azizlarni va oila a'zolaringizni yana bir bor chin yurakdan tabriklayman.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlartilayman.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlargahamisha yor bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni