O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi Strategik sheriklik

Oliy darajadagi erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 2021 yil 13 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi (inauguratsion) majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarlik qildi. Amerika tomonidan AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.