O‘zbekiston sportchilari Polshada shohsupaga koʻtarildi

Polshaning poytaxtida Varshava shahrida sport kurashlari boʻyicha "Poland Open" deb nomlangan musobaqa boʻlib oʻtdi.

Yunon-rum bellashuvida vakillarimizdan Islom Bahromov va Jalgasbay Berdimuratov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Mirzobek Rahmatov finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Shuningdek, Muhammadqodir Yusupov, Rustam Assakalov, Elmurat Tasmuradov va Mo‘minjon Abdullayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Turnirning erkin kurash bahslarida G‘ulomjon Abdullayev oltin, Rashid Qurbonov kumush va Mahmud Shavkatov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston erkin kurash hamda yunon-rum kurashi sportchilari “Poland Open” turnirida 3 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medallarni qoʻlga kiritishdi.