O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining ( IHTTIVK ) 25-yigʻilishida ishtirok etdi.

Uchrashuvda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, IHT Bosh kotibining ma’ruzasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘z nutqida yig‘ilganlar e’tiborini Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan IHTga a’zo davlatlar, Davlat rahbarlarining 14- virtual sammiti davomida ilgari surilgan tashabbus va takliflarni to‘liq amalga oshirish zarurligiga qaratdi.

Delegatsiyalar rahbarlari va IHT Bosh kotibi O‘zbekistonni 2022-yilda tashkilotga raislik qilgani bilan tabrikladi. Ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqladilar va O‘zbekiston raisligi davrida mintaqaviy hamkorlik yanada mustahkamlanib, IHTning xalqaro maydondagi o'rni oshishiga ishonch bildirdilar.

2021-yil 28-noyabr kuni Ashxobod shahrida IHTga aʼzo davlatlar, davlat rahbarlarining 15-sammiti boʻlib oʻtadi. Sammit ishida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishtiroki rejalashtirilgan.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 1992 yilda tashkil topgan. Uning aʼzolari Afgʻoniston, Ozarbayjon, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekistondir.