O‘zbekiston terma jamoasi Polshada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida peshqadamlik qilmoqda

Musobaqa Xalqaro eshitish qobiliyati sustlar (karlar) futbol assotsiatsiyasi (DIFA) ko‘magida 15-avgust kuni Polshada boshlandi.
Bu eshitish qobiliyati sust bo’lgan futbol faxriylari xotirasiga bag'ishlangan Karlar sport federatsiyasi va DIFA mukofoti uchun 40 yoshdan oshgan faxriylar o'rtasidagi birinchi kar futzal jahon chempionatidir. Turnirda Polsha, Marokash, Ukraina, Vengriya, Slovakiya, Braziliya, Gana va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi Polsha hamda Braziliya terma jamoasini 5:2 hisobida, keyinroq Marokash terma jamoasini 8:0 hisobida mag‘lub etdi.
P.S. Yarim finalda hamyurtlarimiz Vengriya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.






