O‘zbekiston «Time» jurnali talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi davlatlari ro‘yxatida

O‘zbekiston Amerikaning “Time” jurnali talqiniga ko‘ra 2022-yilda dunyoning eng yaxshi davlatlari ro‘yxatiga kiritildi. Roʻyxatdan Buyuk ipak yoʻlidagi Oʻzbekiston shaharlari – Xiva, Samarqand, Buxoro va Termiz joy oldi.

Joriy yilda Xiva va Buxoro “Islom olamining turizm poytaxti – 2024” va “Jahon hunarmandlar shahri” maqomini oldi, Buxoroning qadimiy obidalari Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Bundan tashqari, jurnalning yozishicha, joriy yilning kuzida O‘zbekistonda ilk bor “Ipak yo‘li” adabiy festivali bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Time nashri yapon arxitektori Tadao Ando boshchiligida Toshkentdagi Davlat sanʼat muzeyi faoliyatini kengaytirishga ham eʼtibor qaratdi.