O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishi

Joriy yilning 12-14-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyuradi.
Vashington shahrida delegatsiya O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken hamda AQShning boshqa rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazadi.






