O‘zbekiston va Fransiya o’rtasidagi aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda

Uzbekistan Airways oradan ikki yil o‘tib "Toshkent - Parij - Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda.

Aviareyslar joriy yilning 29-aprelidan 10-iyuniga qadar haftasiga ikki marotaba - seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

"Toshkent - Parij" yo‘nalishi bo‘yicha chipta narxlari (yuksiz) 4 038 862 so‘mdan, (yuk bilan) 4 777 879 so‘mdan, shuningdek, "Toshkent - Parij - Toshkent" yo‘nalishi narxlari esa (yuksiz) 7 582 047 so‘mdan va (yuk bilan) 8 772 182 so‘mdan boshlanadi deyiladi xabarlarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyida O‘zbekiston koronavirusga chalinishning ilk holati qayd etilgani bois barcha xorijiy davlatlar bilan avia va avtoyo‘l orqali qatnovlarni to‘xtatgan edi. O‘tgan yilning aprelida esa Uzbekistan Airways yangi biznes-modulga o‘tish va xarajatlarni kamaytirish maqsadida 9 ta foydasiz bo‘lgan yo‘nalishlar - Parij, Rim, Milan, Mumbay, Bangkok, Tokio, Kuala-Lumpur va Jakartaga aviaqatnovlarni bekor qilgan edi.