O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toxa bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar hamkorlikni mustahkamlash, turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlarni muhokama qildilar.
Bosh kotib Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar bilan ham tanishdi va bu oʻzgarishlar nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa farovonligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidladi.






