O‘zbekiston va Qozog‘iston axborot texnologiyalari sohasida o‘zaro hamkorlikni boshlaydi

Davlatlar hamkorlikda loyihalarni xalqaro maydonda ilgari suradi.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston AKT sohasida oʻzaro hamkorlikni boshlaydi, deb xabar qildi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, Nur-Sulton shahrida AKT vaziri Sherzod Shermatov va Qozogʻiston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musinovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildilar, shuningdek, uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va rivojlanish vazirligi o‘rtasida bayonnoma imzolandi.






