O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30 - May kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining 400 dan ortiq va Tojikiston Respublikasining 150 ga yaqin vakillari ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek O‘zbekiston tomonidan qator sanoat birlashmalari vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Tojikiston va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, zamon talabidagi sanoat mahsulotlarini ikki davlat bozorlariga yetkazib berishni kengaytirish va bu kabi ishlarni rivojdantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish tarafdori ekanligini, shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida o‘zaro manfaatli loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bilan sarmoyaviy hamkorlikni tubdan rivojlantirishga tayanishi ta’kidlandi.