O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Samarqandda

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifining ikkinchi kuni Samarqand shahriga keldi.
Aeroportda uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon davlatimiz rahbari hamrohligida Sharq durdonasi - qadim va betakror Samarqand shahrining ulug‘vor me’moriy obidalari bilan tanishadi.






