O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasi

Joriy yilning 4- may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi "Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 7-majlisi" bo‘lib o‘tdi.
Xorijiy tomondan tadbirlarda Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirligi, Innovatsiyalar va texnologiyalar vazirligi, Vengriya va Budapesht savdo-sanoat palatalari, Vengriya sayyohlik agentligi vakillari, shuningdek, biznes vakillaridan iborat katta delegatsiya qatnashishdi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto hamraislik qildi.
“30 yil avval biz mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatgan edik va shu oʻttiz yil davomida biz koʻp ishlarni amalga oshirdik, uning davomida hamkorligimiz doimo oʻzaro hurmat asosida olib borildi va xalqlar uchun manfaatli boʻldi.
Bugungi kunda aloqalarimiz strategik darajaga ko‘tarilgan, Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik biz uchun juda muhim va bu xavfsizlik hamda texnologiyaning iqtisodiy masalalariga tegishli.
O'zbekistonda juda jadal rivojlanish bor. Shu bois, bugun biz iqtisodiyotning tarmog‘i uchun uchta sanoatga asoslangan juda keng ko‘lamli hamkorlik dasturini boshladik:
Atom energiyasi
Suv sanoati
Qishloq xo'jaligi
Davlat chegaralarini himoya qilish.
Bu dastur xalqaro miqyosda tan olingan Vengriya texnologiyasini joriy etishimiz uchun imkoniyatlarni ochib beradi va shu tariqa O‘zbekiston muvaffaqiyatiga hissa qo‘shadi”, — dedi Peter Siyyarto.
Kun tartibiga savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish va investitsiya, moliya, texnika, ilm-fan, innovatsiya va turizm sohalarida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha bayonnoma imzolandi.






