O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda — Abdulla Aripov

25-fevral kuni Yevrosiyo hukumatlararo kengashi a’zolari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir Abdulla Aripov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

«Hozirda O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqiyot bankiga qo‘shilishi jarayoni va shartlarini kelishish ishlari faol amalga oshirilmoqda», — dedi u.

Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tegishli idoralari va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi departamentlari o‘rtasida yaqin hamkorlik bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni muvofiqlashtirish ishlari yakunlanmoqda. Bosh vazir Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar ushbu hujjatni ma’qullashi va qabul qilishiga umid bildirdi.