O‘zbekistonda avtomobil importi qariyb olti barobar oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko’ra, yanvar-fevral oylarida mamlakatimizga 18 davlatdan 5948 ta avtomobil import qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4873 taga yoki qariyb 6 barobarga ko‘pdir.
Import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 124,5 million dollarni tashkil etadi.
Quyidagi davlatlar mamlakatimizga eng ko’p avtomobil eksport qilgan:
Xitoy - 3436
Janubiy Koreya - 1512
Qozog‘iston – 502
Rossiya – 431
Bundan tashqari, O‘zbekiston olti davlatdan jami 5,9 million dollarlik 228 ta elektromobil import qilingan. O‘tgan yilning shu davrida esa 78 dona avtomobil olib kelingan.






