O‘zbekistonda Chery avtomobillari savdosi yo’lga qo’yiladi

Chery kompaniyasi O‘zbekiston hududida avtomobil ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘ymoqda. Kompaniya vakillarining xabariga ko’ra, Chery avtomobillarining mamlakatimizdagi rasmiy narxlari va xarid qilish shartlari joriy yilning 27-oktabr kuni ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Manbaalarda qayd etilishicha, dastlabki bosqichda sotuvga uchta model chiqariladi:

Chery Tiggo 8 Pro Max
Chery Tiggo 8 Pro
Chery Tiggo 7 Pro
Shuningdek, ta’kidlanishicha, avtomobillar O‘zbekistondagi ADM Jizzax zavodida yig‘iladi.

Sotuvga chiqarilayotgan Chery avtomobillari haqida:

Tiggo 7 Pro, avtomobilining maksimal quvvati 165 ot kuchi va 6,6 litr yonilg‘i sarfiga ega 1,5TCI turbo dvigatel bilan jihozlangan.

Tiggo 8 Pro, 186 ot kuchiga ega kuchli turbo 1,6 TGDI dvigatel Chery tomonidan Avstriyaning AVL kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Acteco oilasining uchinchi avlodiga tegishli. U 186 ot kuchiga ega yuqori quvvatni ta’minlaydi. Ushbu dvigatel va uzatmalar qutisi yordamida Tiggo 8 Pro 100 km/soat tezlikka o‘z sinfida rekord bo‘lgan 8,9 soniya ichida chiqadi.

Tiggo 8 Pro Max, 245 ot kuchiga ega 2.0TGDI dvigateli ko‘plab zamonaviy texnologiyalarni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, 7DCT uzatmalar qutisi va ichidan yoritilgan moslashtirilgan selektor dastagi tufayli yangi Tiggo 8 Pro Max 100 km tezlikka erishish uchun bor-yo‘g‘i 7,3 soniya vaqt sarflaydi, yuz kilometrga yonilg‘i sarfi esa atigi 7 litrni tashkil etadi. Yuqori unumdorlik va yoqilg‘ining kam miqdorda sarflanishi avtomobilni boshqarish zavqini yanada oshiradi.