O‘zbekistonda ilk bor bodibilding bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

Joriy yilning 4-6 oktabr kunlari Toshkentda «Humo Arena» sport majmuasida bodibilding bo‘yicha XII jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 150 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etadi hamda sportchilarning umumiy soni 350 nafarni tashkil qiladi.

hon chempionati doirasida erkaklar va ayollar uchun musobaqada quyidagi toifalar taqdim qilingan:

• «Bodibilding» – muskullarning eng katta hajmiga ega sportchilar bellashadigan musobaqaning eng mashhur toifasi;

• «Atlet-fizik» – bu toifada sportchilar o‘zining mashg‘ulotlari, ovqatlanish va turmush tarzini ideal jismoniy holatiga erishish uchun tuzadilar;

• «Fitnes-fizik» – bu toifada qaddi-qomat, elastiklik, nafislik, texnika va estetika baholanadi, bundan tashqari akrobatika elementlari ham hisobga olinadi;

• «Model-fizik» – bu toifada sportchilar maqbul mushaklar massasiga ega kelishgan tana tuzilishlarini namoyish qilishlari kerak;

• «Sport-fizik» – bu toifada tananing vazni, tuzulishi va jismoniy holati hisobga olinadi.