O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

Muddatli harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va ozod qilish huquqiga ega bo‘lmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Prezident “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqirish va Qurolli Kuchlar rezerviga xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tagan harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga koʼra, chaqiruv yoshidagi fuqarolar 2022-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga jalb etiladi. Muddatini oʼtab boʼlgan harbiy xizmatchilar 2022-yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga boʼshatiladi.






