O‘zbekistonda PDP universiteti ochildi

IT Park rezidenti PDP IT Academy tomonidan yangi PDP universiteti tashkil etildi.

22-iyun kuni Hilton mehmonxonasida yangi universitetning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda taklif etilgan mehmonlarga yangi universitetning afzalliklari haqida so‘zlab berildi. PDP universiteti rahbariyati ta’lim muassasasi O‘zbekistonda IT-mutaxassislarini shakllantirishning yangi bosqichiga aylanishini ta’kidladi.

Oliy o’quv yurtida mahalliy va xalqaro mutaxassislar dars beradi. Talabalarga xalqaro standartlar asosida ta’lim beriladi. 50 dan ortiq davlatlar, jumladan AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan tan olingan va 100 dan ortiq universitetlarda o'qitiladigan Pearson BTEC eng yuqori sifatli akademik bilim va ta'lim amaliyoti qo’llaniladi.

IT Park PDP universiteti rahbariyatini oliy ta’lim dargohi ochilishi bilan tabriklaydi va ta’lim muassasasining ochilishi tashabbuskorlariga O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish va yosh kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.