O‘zbekistonda pensiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi

O‘zbekistonda pensiyalar oshiriladi. Bu haqda pensiya jamg'armasi ijrochi direktori Abdulaziz Haydarov ma'lum qildi.

Direktorning so'zlariga ko'ra, endilikda pensiyaga chiqish davlat xizmatlariga elektron formatda murojaat qilish orqali mumkin. Bundan tashqari, joriy yilning oxirigacha 7 turdagi pensiyalarning mexanizmi aholiga xizmat ko'rsatish markazlari orqali ishlaydi. Barcha kerakli xizmatlar masofadan turib onlayn formatda ko'rsatiladi.

Abdulaziz Haydarov ta'kidlaganidek, muhim yangilik - bu uch bosqichli pensiya tizimiga o'tishni joriy etish. Mazkur tizimning loyihasi biroz keyinroq ishlab chiqilib, xalqqa taqdim etiladi. To'lovlar oshishiga kelsak, shu yilning sentyabridan boshlab pensiyalar miqdori 10 foizga oshadi.