O‘zbekistonda yangi institut faoliyati yo'lga qo'yiladi

Vazirlikka ikki oy mobaynida yuqori malakali kadrlarni topish vazifasi yuklandi.

O‘zbekistonda yangi muhandislik-texnologiya instituti ochilishiga oid qaror Prezident tomonidan imzolandi .

Hujjatga muvofiq, Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etilmoqda.

Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

mehnat bozorida raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishning uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;
yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalarini joriy etish, institut professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish;
o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini ta’minlash va boshqalar.

Institut davlat muassasasi boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.