O‘zbekistonga eng ko‘p kofe Italiyadan import qilinmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O'zbekiston o'tgan 10 oy davomida xorijiy davlatlardan qiymati 2,9 million dollarga teng bo‘lgan 433 tonna kofe import qilgan. Kofe importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 152 tonnaga oshgan.

Qayd etilishicha, mamlakatimizga eng ko'p kofe (107,5 tonna) Italiyadan import qilinmoqda. Keyingi o'rinda 66,2 tonna bilan Rossiya qayd etilgan.

Shuningdek, Braziliya – 58,9 tonna, Polsha – 45,6 tonna, Germaniya – 30 tonna, Hindiston – 24,8 tonna, Vyetnam – 22,4 tonna va Turkiya – 16,4 tonna bilan O‘zbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar sirasiga kirmoqda.