O‘zbekistonlik mutaxassislar Vengriyada “Paksh-2” atom stansiyasini qurish tajribasini o‘rganadilar

Energetika vazirligi va Vengriya delegatsiyasi energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qildilar.
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi huzuridagi “UzAtom”agentligi bosh direktori Yanosh Shuli Vengriya delegatsiyasi bilan muzokaralar olib bordi.

Vengriya tomoni mamlakat VVER-2 reaktorlari asosida “Paksh-3” atom elektr stansiyasini qurish loyihasi start berilganini ta’kidladi. Birinchi blokni ishga tushirish 2030-yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u elektr energiyasini ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi.

Muzokarada O‘zbekiston energetika vazirligi va “O‘zatom” agentligi xodimlarini qurilish jarayonini o‘rganish maqsadida “Paksh-2” AES qurilayotgan obyektlarga jalb etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Shuningdek, kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish hamda O‘zbekistonlik yoshlarining Budapesht texnika va iqtisodiyot universiteti va Dunayvarosh universitetida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha grant asosida o‘qitish masalalari muhokama qilindi.