O‘zbekistonlik sportchi Fransiyada «Eng yaxshi tog‘ poygachisi» deya e’tirof etildi

Fransiyaning Mon-de-Marsan mavzesida velosport bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan "Pimevere Montoise" poygasida hamyurtimiz «Eng yaxshi tog‘ poygachisi» nomiga sazovor bo‘ldi.
Yakunlangan birinchi bosqich bahslarida 80 nafarga yaqin yosh velosportchilar orasida o‘zbekistonlik Davir Abdurahmonov g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 123 kilometrga teng masofali poyganing tog‘li hududida o‘tgan qismida Davir Abdurahmonov yetakchilik qildi. Ammo u peshqadamlikni poyganing so‘nggigacha saqlab qololmadi.
Damir yakunda 45-o‘rinni egalladi. Iste’dodli sportchimiz musobaqaning tog‘li bahsida yetakchilik qilgani evaziga «Eng yaxshi tog‘ poygachisi» nominatsiyasi sohibligiga erishdi.






