O‘zbekistonlik taekvondochi jahon reytingida yetakchilik qilmoqda

Koreya Respublikasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilindi.
Ushbu reytingda taekvondochi Charos Qayumova ayollar o‘rtasidagi jahon reyting jadvalida birinchi o‘rinni egallagan o‘zbekistonlik birinchi taekvondochi bo‘ldi.
Bundan tashqari, ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining qit’a chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan boshqa hamyurtlarimiz ham o‘z o‘rinlarini mustahkamladi.
Kuchli o‘nlikdan mamlakatimizning olti nafar sportchisi ham joy oldi.






