O‘zLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya qildi

O‘zbekiston Prezidenti saylovida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan mamlakatning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzod sifatida ishtirok etadi.

Bu haqda 7 avgust, shanba kuni O‘zLiDeP markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumida ma’lum qilindi.

Plenumda Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.