Ochiqlik indeksida Davlat statistika qoʼmitasining koʼrsatkichlari 88,9 ball bilan yuqori natija qayd etdi

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan 2021-yil uchun Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining "Ochiqlik indeksi" yuzasidan oʼtkazilgan monitoring natijalari eʼlon qilindi.

Davlat idoralarining 2021-yildagi faoliyati yuzasidan “Ochiqlik indeksi”da Davlat statistika qoʼmitasining koʼrsatkichlari 88,9 ball bilan yuqori darajada baholanib, vazirlik va idoralar ichida uchinchi oʼrinni, qoʼmitalar orasida ikkinchi oʼrinni egalladi.

Monitoringda jami 24 ta vazirlik, 13 ta qoʼmita, 25 ta agentlik, 9 ta markaz va 14 ta mahalliy hokimliklarning 2021- yildagi faoliyati oʼrganilgan.