«Oiladagi zoʻravonlikni jinoyat deb baholash vaqti keldi» - Saida Mirziyoyeva

Bugungi kunda mamlakatda gender zo'ravonlik bilan bog'liq qanday muammolar mavjud?
Jamiyat tomonidan ayollarga o'rnatilgan stereotiplarni qanday yo'q qilish mumkin?
O‘zbekistonga zo‘ravonlikka qarshi kurashda qanday mexanizm kerak?

Bu va boshqa savollar«Zo‘ravonlikka qarshi kurashni institutsionallashtirish. Mediada gender-ta'sirchan obrazlarni yaratish» xalqaro konferensiyasida muhokama qilindi.

Konferensiyada BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jenevadagi bo‘limi bosh direktori Tatyana Valovaya, Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha sho''ba mudiri Saida Mirziyoyeva hamda boshqa xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi.