Oktabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʼrtacha 1,2 % ga oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning oktabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʼrtacha 1,2 % ga oshgan. Yillik oʼsishda isteʼmol narxlari indeksining oʼsish darajasi 12,2 % ga yetgan.
2022-yilning oktabr oyida narxlar va tariflar oʼsishida yetakchi oʼrinlarni aholiga pullik xizmatlar koʼrsatish egallab, oy davomida ularning narxlari oʼrtacha 1,5 foizga oshdi.
Shuningdek, shu davrda oziq-ovqat mahsulotlari 1,4 % ga va nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,9 % ga oshgan.






