Oliy Majlis Senatining oʼttiz ikkinchi yalpi majlisi oʼz ishini boshladi

Bugun, 13-sentabr kuni, Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʼttiz ikkinchi yalpi majlisi oʼz ishini boshladi.
Unda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Yalpi majlisni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.






