Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti joriy yilda 4,2 foizga, kelasi yilda esa 4,6 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda

14-dekabr kuni eʼlon qilingan “Osiyo taraqqiyoti istiqbollari” (ADO) hisobotining 2022-yilgi nashriga OTBning navbatdagi qoʼshimchasiga muvofiq, mintaqa iqtisodiyoti joriy yilda 4,2 foizga, kelasi yilda esa 4,6 foizga oʼsadi. Sentabr oyida OTB iqtisodiyot 2022 yilda 4,3 foizga, 2023-yilda esa 4,9 foizga oʼsishini prognoz qilgan edi.

Prognoz qilinishicha, bu yil XXR iqtisodiyoti oldingi 3,3% o‘rniga 3% ga o‘sadi. Global o‘sishning sekinlashuvi tufayli kelgusi yil uchun prognoz 4,5% dan 4,3% ga tushirildi. Hindiston YAIM o‘sishi prognozlari ushbu moliyaviy yil uchun 7% foiz darajasida va keyingi moliyaviy yil uchun 7,2% darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.

Prognozlar pasaytirilgan bo‘lsa ham, rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlaridagi holat o‘sish va inflyasiya nuqtai nazaridan dunyoning boshqa joylariga qaraganda yaxshiroq bo‘ladi.

Xususan, Malayziya, Filippin, Tailand va Vetnamda iste’mol va turizmning kuchli tiklanishi tufayli OTBning bu yil Janubi-Sharqiy Osiyo o‘sishi bo‘yicha prognozi 5,1% dan 5,5% ga oshirildi.

Biroq, kelgusi yil uchun prognozlar zaiflashgan global talab tufayli 5,% dan 4,7% gacha pasaytirildi. Bu yil Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘sish prognozi 3,9% dan 4,8% ga oshirildi. Fijida turizmning faol tiklanishi tufayli Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha prognoz 4,7% dan 5,3% ga ko‘tarildi.