Osiyo taraqqiyot banki Oʼzbekistonga ipoteka va «yashil» moliyalashtirish uchun 150 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot bankining ipoteka bozori sektorini rivojlantirish dasturi doirasidagi kredit mablagʼi Oʼzbekiston ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasining uy-joy ipotekasi, uy-joylarni obodonlashtirish va “yashil” moliyalashtirishga yoʼnaltiriladi.
Oʼzbekistonda yashil renovatsiya kreditlaridan isitish va sovitish tizimlarini yangilash yoki oʼrnatish, quyosh panellarini oʼrnatish, suv izolyatsiyasini yaxshilash – energiya samaradorligini oshirish uchun foydalanishi mumkin.
Osiyo taraqqiyot banki dasturiga koʼra, kreditlarning kamida 32,5 foizi ayollarga berilishi kerak. Kredit, shuningdek, Oʼzbekistonda bozorga asoslangan ipoteka moliyasini faollashtirish uchun moliyalashtirish mexanizmlarini ragʼbatlantiradi. Uy-joy ipoteka mahsulotlari, shu jumladan “yashil” moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.






