Osiyodagi eng yirik aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Uzbekistan Airports xabariga ko'ra, Osiyodagi eng yirik aviakompaniya sanalgan Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
Qayd etilishicha, mazkur yirik aviakompaniya Urumchi va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.
Birinchi yo‘lovchi reysi joriy yilning 14-oktabrga belgilangan. Shuningdek, ma'lum qilinishicha muntazam reyslar Boeing 737 va Boeing 787 samolyotlarida haftasiga bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.
P.S. China Southern Airlines — Xitoyning Guandun viloyati, Guanchjou shahrida joylashgan mazkur aviakompaniya samolyotlar parkining hajmi bo'yicha Osiyodagi eng yirik aviakompaniya, shuningdek, Osiyodagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.






