Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekiston Senati Raisini qabul qildi

Senat Raisi T.K.Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasining tashrifi doirasida joriy yil 30-iyun kuni Baku shahrida Ozarbayjon Prezidenti I.G.Aliyev bilan uchrashuv tashkil etildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligini, xususan, ikki mamlakat parlamentlari orqali rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Ozarbayjon Respublikasi rahbarining yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalda ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.






