Ozarbayjondan Samarqandga parvozlar yoʼlga qoʼyiladi

Oktabr oyidan boshlab Ozarbayjonning AZAL milliy aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yoʼlga qoʼyishni rejalashtirmoqda.

Parvozlar haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari tashkil etiladi.

Shuningdek, «Ozarbayjon havo yoʼllari» tomonidan «Baku-Toshkent-Baku» yoʼnalishi boʼyicha parvozlar soni haftasiga 5 martagacha oshirilishi kutilmoqda.